Jo‘rabek bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Qozog‘iztonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turkumiga kiruvchi “Shymkent open – 2015” turniri qizg‘in pallaga kirdi.
Qozog‘iztonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turkumiga kiruvchi “Shymkent open – 2015” turniri qizg‘in pallaga kirdi.Turnirning “Fyuchers” musobaqasida hamyurtimiz Jo‘rabek Karimov yakkalik bahslarining yarim finaliga chiqdi.
U nufuzli musobaqaning chorak finalida rossiyalik Markus Kalovelonisni 7:5, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi J.Karimov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun rossiyalik yana bir tennischi Ivan Gaxov bilan kuch sinashadi.
Musobaqaning juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz Albina Xabibulina va Polina Merenkova yarim finalda qozog‘istonlik Kamila Kerimbayeva hamda rossiyalik Margarita Lazerevani 2:6, 6:1, 11:6 hisobida yengib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Tennischilarimiz bosh sovrin uchun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda gruziyalik Yekaterina Gorgodze va Sofiya Kvatsabayaga qarshi kortga chiqishadi.