Jo Bayden koronavirus bilan qanday kurashmoqchi?
AQSHning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden gubernatorlar bilan koronavirusga qarshi kurashni muhokama qildi, deyiladi "RIA Navosti" xabarida.
Uchrashuvda 30 dan ortiq shtat gubernatorlari, AQSHning saylangan vitse-prezidenti Kamala Xarris va Baydenning koronavirus bo‘yicha koordinatorlari ishtirok etdi.
Bayden shtat rahbarlari COVIDga qarshi kurashda shu kungacha yetarlicha yordam olmaganidan afsusda ekanligini aytib o‘tdi.
Demokrat prezidentligining dastlabki 100 kunidagi asosiy maqsadi koronavirusga qarshi kurashishni birinchi o‘ringa olib chiqishi hamda aholini 100 million doza vaksina bilan ta’minlashni maqsad qilganini ta’kidladi.
"Biz birinchi yuz kun ichida 300 million kishini emlay olmaymiz. Men yuz kunlik muddatgacha barcha maktablarni ochish imkoniyatini yaratishga harakat qilaman", deydi demokrat.
Bayden prezidentligining dastlabki 100 kunida AQSHning barcha aholisidan niqob taqib yurishni iltimos qildi.