Jizzax viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali ularning daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida ko‘rgazmali-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

300 nafarga yaqin seminar ishtirokchisi Jizzax shahridagi Zargarlik mahallasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, viloyat markazidagi eskirgan ko‘p kvartirali uy-joylarni renovatsiya qilish, 24/7 – ya’ni tunu kun xizmat ko‘rsatish va gastronomik ko‘cha loyihalarining taqdimotlari bilan tanishtirildi.

“Zargarlik” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binolari va ularga tutash hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilayotganiga guvoh bo‘ldik. Mahalla hududidagi jami 223 xonadondan iborat 4 ta to‘rt qavatli uyni mukammal ta’mirlash ishlarining namunaviy loyihasi “Qishloqqurilishloyiha” DM Jizzax filiali tomonidan ishlab chiqilib, u asosda ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari bazalt qoplamasi bilan to‘liq qoplangan, pardozlash ishlari hamda 24 ta kirish yo‘laklaridagi ta’mirlash ishlari yakunlangan.  

Shuningdek, uylarning tom qismini ta’mirlash, romlarini o‘rnatish, yo‘laklardagi to‘siqlarni yangilash, irrigatsiya tarmoqlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilib, tutash yerlardagi yo‘laklarni beton qoplama bilan qoplash, infratuzilma ob’ektlari, bolalar va sport maydonchalari, chiqindi yig‘ish shoxobchalari qurilishi  amalga oshirilgan.

Ushbu 4 ta to‘rt qavatli uyni ta’mirlash va tutash hududlarini obodonlashtirish uchun 5 milliard so‘m mablag‘ sarflangani qayd etildi.Shu bilan birga, joriy yilda Jizzax shahridagi 117 ta ko‘p qavatli uylarni mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 90 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismini va 20 ta uyning 85 ta kirish yo‘laklarini ta’mirlash, 48 ta uyning fasad qismlariga bazalt qoplamasi qoplash, 67 ta uyning ichki issiqlik quvurlarini ta’mirlash, 58 ta uyning yerto‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiya quvurlarini yangilash ishlari amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan.

Jizzax shahar “O‘ratepalik” MFYdagi Islom Karimov hamda Yakkatut ko‘chalari bo‘ylab tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan savdo, ko‘ngilochar va gastronomik ko‘chani tashkil etishga qaratilgan loyiha taqdim etildi.

Loyiha doirasida infratuzilmani yaxshilash maqsadida respublika byudjetidan 1 milliard 500 million so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan hududda piyodalar yo‘laklari quriladi, yoritish tizimi yaxshilanadi, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi hamda irrigatsiya tizimi modernizatsiya qilinishi belgilangan.

Loyihaning iqtisodiy samaradorligini baholash natijalariga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish hajmi  9 milliard 400 million so‘mni, 24/7 rejimiga o‘tadigan ob’ektlar  21 tani, yangi tashkil etiladigan ob’ektlar  20 tani, yaratiladigan ish o‘rinlari 35 tani va soliq tushumi  529 million so‘mni tashkil etadi.

Ushbu tashabbus shahar aholisi va mehmonlari uchun qulaylik yaratish bilan birga, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirishga va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Jizzax shahridagi obodonlashtirish ishlari va loyihalar bilan tanishib bo‘linganidan so‘ng, avtobuslarda Zafarobod tumanidagi iqtisodiy og‘ir hudud – “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘iniga yo‘l oldik.  

Zafarobod tumanidagi “Birlik” MFY“Zafarobod tomorqa xizmati” MCHJ faoliyati hamda aholiga ijaraga berilgan yerlarda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlari seminar qatnashchilarida yaxshi taassurot qoldirdi.  

Ushbu MCHJ faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish, saqlash va realizatsiya qilish yillik quvvati 1 ming tonnani tashkil etadi. Xuddi shunday tizim viloyatning 81 ta mahallasida 36 ta kompaniya ishtirokida joriy etilganini ham alohida qayd etish lozim.

Ushbu amaliy seminarning eng e’tiborli va yodda qolarli tomoni bir necha o‘n yillab suv kelmay qolgan mahalla va qishloq aholisi tomorqalariga suv chiqarish loyihasi ishga tushirilganidir.

Ushbu videokonferensaloqa tarzida o‘tgan tadbirni Jizzax viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zafar Ro‘ziyev olib bordi.

Zafarobod tumani “Birlik” MFYda, shuningdek, viloyatdagi aholi tomorqalariga suv chiqarish loyihalari ishga tushirilgan og‘ir ahvoldagi 10 ta mahallaning faollari. Jizzax shahri va 12 ta tuman faollari yig‘ilishda onlayn ishtirok etdi.Eng muhimi, tumanlardagi yana 10 ta mahallaga shu kunning o‘zida oqar suv chiqarilib, suv aholi tomorqalariga yetkazib berildi.  

– Shunday Muborak oyda 3 kilometrlik latoklar tubdan qayta ta’mirlanib, mahallamiz aholisi tomorqalariga toza oqova suvning kelishi qishloq ahliga muhtaram Prezidentimizning ajoyib Ramazon oyi tuhfasi bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmasa kerak, – deydi mehnat faxriysi Isomiddin bobo Sherbekov. – Mahallamizdagi 1310 xonadondagi 1880 ta oilada 7850 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi tomorqalarining umumiy maydoni 97 gektarni tashkil etib, shunda 944 ta tomorqa, 25 ta issiqxona mavjud. Ana shu tomorqalaridagi va issiqxonalardagi ekinlarni, yaqin 15-20 yillardan beri quduqdan, krandan paqirlab suv tashib sug‘orib tomorqa qilib kelayotgan edik. Eng muhimi, tomorqalarimizga suv keldi. Mahallamiz ahli juda mehnatkash. Endi bizda Xudo xohlasa, 1- 2 yil ichida birorta kambag‘al oila qolmaydi.

Tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida Birlik mahallasi va Zafarobod tumanidagi boshqa mahallalarning ixtisoslashuvi, mahsulotlarni ichki bozorga yetkazib berish haqida ham ma’lumotlar berildi.

Videomuloqot tarzida o‘tgan ushbu tadbirda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Achilbay Ramatov ishtirok etdi.  

Shundan so‘ng Zafarobod tumani “Cho‘liguliston” MFYda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, tomorqaga xizmat ko‘rsatish, resurslari ta’minoti ko‘rgazmasi bilan  tanishildi.  

Tadbir doirasida mahallada tashkil etilayotgan “Yoshlar bog‘i”da “Yashil makon”umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekish ishlarida ishtirok etdik.

Mahalla hududidagi qishloq xo‘jaligi  mini texnikalari va agregatlari ko‘rgazmasi bilan tanishilgach, shu yerning o‘zida viloyatdagi 24 ta og‘ir mahallaga lizing asosida mini traktor va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari taqdim etildi.

Seminarning yakuniy qismi tumandagi “Samarqand” MFY hududida joylashgan “Madaniyat markazi” zalida o‘tkazildi.

–Bu mavzudagi seminarlar joriy yilning 12 fevralida Samarqand viloyatidan boshlangan edi va men bu tadbirlarning barchasida qatnashdim, – deydi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimi Erkin O‘rolov. – Shu mavzudagi bugungi seminarda boshqalardan farqli tarzda bugun bir necha 10 yillardan buyon iqtisodiy va ijtimoiy qiyin ahvoldagi tomorqalariga toza sug‘oriladigan suv bormay qolgan 58 ta mahallaning 11 tasiga, bir necha kilometrlik ariq va lotoklar ta’mirlanib, qayta o‘rnatilib suv chiqarildi.

“Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida ish yuritilib, aholi qanday ekin ekishini yaxshi biladi. Chunki ushbu 58 ta mahallaning har birida “Tomorqa xizmat ko‘rsatish” MCHJlari tashkil etilib, ular kerakli texnikalar, yetkazib berish va sotish uchun urug‘lar, ko‘chatlar, ijaraga berish va sotish uchun chorva mollari, quyonlar va parradalar  bilan ta’minlangan.  

Yurtboshimizning tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan bu sa’y- harakatlar xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Qaqrab qolgan tomorqalarga suv chiqarish, tomorqachilikda yangi uslub – “Bir kontura – bir mahsulot” tamoyili asosida ish yuritish, tomorqachilikdan samarali foydalanish orqali kambag‘allikni batamom tugatish sari dadil  qadam qo‘yildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxdagi 11 ta mahallaga oqova suv keldi