Jizzaxda sifatsiz antifriz aniqlandi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan Jizzax shahridagi YATT “Jurakulov Farrux Yulchi o‘g‘li” savdo do‘konida sotilgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Energy Antifreeze” mahsuloti bo‘yicha nazorat xaridi amalga oshirildi.
Laboratoriya tahlillari natijasida mazkur mahsulot amaldagi standart talablariga mos emasligi aniqlandi.
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, sifatsiz antifriz issiqlikni yetarlicha o‘tkaza olmaydi. Bu esa dvigatelning qizib ketishi, radiator va nasoslardagi nosozliklar hamda zang hosil bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Hamroz Bayanov, O‘zA