Jizzaxda kuchli shamol oqibatlari bartaraf etildi
Joriy yilning 1 iyun kuni Jizzax viloyatining bir qator shahar va tumanlarida janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda 20-23 m/s tezlikda kuchli shamol esishi natijasida ayrim aholi yashash xonadonlari va transport vositalariga zarar yetdi.
Kuchli shamol natijasida Jizzax shahri Olmazor mahallasida joylashgan 1-ko‘p qavatli uyning 300 kv. metr maydondagi tomyopmasi qulab tushdi. Natijada, shu uy oldida bo‘lgan “Lacetti” va “Cobalt” rusumli avtomobillarga texnik zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q.
[gallery-2656]
Ayni paytda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2 ta maxsus texnika va 16 nafar qutqaruvchi jalb etilib, hodisa oqibatlarini to‘liq bartaraf etish ishlari yakuniga yetkazildi.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA