Jizzaxda ishchi guruhning o‘rganish ishlari davom etmoqda
Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Salimova boshchiligidagi ishchi-guruhi Jizzax viloyatidagi tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini o‘rganishni davom etirmoqda.
Kuni kecha mazkur ishchi guruh viloyatning Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksida reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida ishchi guruhi a’zolariga Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘tayev hamda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Bahodir Danaboyevlar hamrohlik qildi.
Tumanda aholini reproduktiv salomatlikni saqlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha bajarilgan ishlar va yaratilgan sharoitlarga ishchi guruhi tomonidan yuqori baho berildi.
Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Salimova boshchiligidagi ishchi-guruhining Jizzax viloyati bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.
A.QAYUMOV, O‘zA