Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi G‘allaorol tuman bo‘limi tashabbusi bilan bir guruh yoshlar Forish tog‘ harbiy poligoniga sayohat qildi.
Tadbir davomida Qurolli Kuchlarimiz harbiylari tomonidan ishlatiladigan qurol-aslaha va harbiy texnikalar namoyish etildi. Amaliy otish mashg‘uloti yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu tadbir tuman mudofaa bo‘limi ko‘magida amalga oshirildi.
* * *
Do‘stlik tumani 6-IDUMda “Bir farzandga uch kitob” aksiyasi o‘tkazildi.

“Jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari kutubxonasi” javonidan o‘rin olgan kitob ko‘rgazmasida tuman markazidagi va uning yaqin bo‘lgan jami 10 ta umumta’lim maktabi o‘quvchi va ularning ota-onalari faol ishtirok etdi.
Aksiyada ishtirok etgan har bir ota-ona o‘z farzandlari uchun kamida 3 donadan sara adabiyotlar xarib qildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi.
* * *
Zomin tumanida Jizzax viloyati IIB Transportda XTB xodimlari va harbiylashtirilgan o‘qchilik komandasi o‘qchi xodimlari bilan hamkorlikda payshanba – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan temir yo‘l yaqinida joylashgan ta’lim muassasalari psixolog-o‘qituvchilari boshchiligida o‘quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirish maqsadida Dashtobod temir yo‘l bekati bo‘yida joylashgan korxona tashkilotlar ish jarayoni bilan tanishtirildi.

Tadbirda o‘quvchilarga temir yo‘llarda xavfsizlik qoidalari, turli xil vaziyatlarda harakatlanish tartibi va qoidalari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.
* * *
Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Rahmatov hamda sektor rahbari S.Jo‘rayev ishtirokida Zarbdor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda jami 30 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, 7 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi. 10 nafar murojaatchiga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, 13 ta masala yechimi vaqt talab etilganligi bois ijrosi nazoratga olindi.
* * *
Arnasoy tumanida“Yashil makon” umummilliy loyiha izchil olib borilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida 1-sektor hududi “Tinchlik” MFY hududida 5 ming tup terak ko‘chatlari va 1 ming dona qalamchalar ekildi. Shuningdek, mahalladagi 3 ta ko‘chaga 2 ming tup terak va sasna ko‘chatlari ekildi.
Ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilib to‘liq undirib olish ishlari yoshlar, nazorat qilish mas’uliyati esa mahalladagi nuroniy keksalar zimmasiga yuklatildi.
* * *
Yangiobodda tuman xokimlagi, oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondining “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusidagi temir, ayollar, yoshlar va mehr daftarlariga kiritilgan fuqarolarning siyosi-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayoti darajasini yaxshilashga ko‘maklashish yo‘nalishi bo‘yicha grant asosida viloyat “Qalb nuri” markazining psixologi Xurshida Xaitaliyeva ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbir davomida ehtiyojmand xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, o‘z hayotini yaxshilashga yordam berishga qaratilgan motivatsion tavsiyalar berildi.
* * *
Mirzacho‘l Agrosanoat texnikumida Yoshlarni tadbirkorlikga o‘rgatish maqsadida kichik tadbirkorlik kompleksi tashkil etildi.

Kompleksga 500 dona tovuq olib kelindi. Bu yerda tadbirkorligini tovuqchilikda boshlash niyatida bo‘lgan yoshlar tajribasi oshirilib, qo‘shimcha daromad olish yo‘llari o‘rgatilmoqda.
A.Qayumov, O‘zA