Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sharof Rashidov tuman bo‘linmasi va O‘zbekiston LDP tuman kengashi bilan hamkorlikda Prezidentimizning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini fuqarolarga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.
Unda tumandagi umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Seminarda mahallalardagi yoshlar yetakchilarining faoliyati, hokimlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan yangi tashabbuslar, yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda tegishli tashkilotlarning hamkorligi haqida so‘z bordi.
* * *
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Mirzacho‘l tumanidagi barcha qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yuqori sinf o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning “SRYeET WORKOUT” turi bo‘yicha mahallalar bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yoshlar yetakchisi hamda sport murabbiylari ishtirok etdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
* * *
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yangiobod tuman kengashi hamda hududdagi “n” harbiy qism hamkorligida bugungi kunda yurtimizda yoshlar sohasidagi islohotlar, o‘zgarishlar va yoshlarga berilayotgan imtiyozlar xususida ochiq muloqot tashkil etildi.

Shuningdek, yosh harbiylar o‘rtasida munozara, zakovat intellektual o‘yinlari o‘tkazib turish va ayniqsa, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan loyiha, tanlovlarni hamkorlikda tashkil etib borish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
* * *
Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4 sektor rahbari Bekzod Toshpo‘latov Arnasoy tumani “Baxtli” MFYda “xonadonbay” o‘rganish jarayonida hududda aholi tomonidan xonadon va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari, yangi barpo etilayotgan ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi.

Ushbu “Baxtli” MFYda 24 metrlik ko‘prikda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishib, muammolarni bartaraf qilish yuzasidan mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, ushbu o‘rganish davomida “Baxtli” MFYning yangi binosi qurilishi, “Bo‘ston” MFY binosini esa ta’mirlanish jarayonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Ob’ektlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
* * *
Zomin tumanida oilaviy tadbirkorlik, issiqxona, quyonchilik, parrandachilik, chorvachilik kabi sohalarni rivojlantirish, bu orqali o‘zini-o‘zi band qilayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari F.To‘ychiyev hududdagi “Bunyodkor” MFYda mahalla yoshlari bilan uchrashdi.
Unda 25 nafar yosh qatnashib, 8 ta murojaat va taklif bildirildi. Ko‘rib chiqilishi uchun muddat belgilanib, mutasaddi tashkilot rahbar va vakillariga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
* * *
Forish tumanida “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman prokuraturasi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, moliya bo‘limlari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbar va xodimlari mavzu borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA