Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab “Davlat bayrog‘i mening g‘ururim” mavzusida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Zomin tumani yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tumandagi 38-umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan milliy taomlar va milliy kiyimlar ko‘rgazmalari kuni ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Unda maktab o‘quvchilari turli xalqlar milliy liboslarida o‘qtuvchilari yordamida tayyorlangan milliy taomlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
* * *
Arnasoy tuman 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Qadriyatlarni qadrlaydigan maktabim” shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi.

Ushbu festival doirasida Arnasoy tumanidagi iste’dodli ijodkor yoshlar tomonidan “Milliy liboslar”, “Milliy taomlar”, “Sport musoboqalari”, “Rassomchilik”, ijodkor yoshlar o‘rtasida mushoiralar o‘tkazildi.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar G‘allaorol tumanining mustaqillik maydonidan boshlandi.

Tuman tibbiyot kolleji o‘quvchilari ishtirokida “Davlat bayrog‘i mustaqillik timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
* * *

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Mirzacho‘l tuman bo‘limida mamlakatimizda so‘nggi 2 yilda sohaga oid qabul qilingan 30 dan ortiq qonun hujjatlari hamda Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlari, hududlarga tashriflari mobaynida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati, amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan o‘tkazilgan seminarda 12 nafar mahalla raisi ishtirok etdi. Seminar ishtirokchilari “Islom va jamiyat” mavzusidagi ma’ruzani ham katta qiziqish bilan tinglandi.
* * *
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi Yoshlar ishlari agentligi vakili lavozimlariga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilingan edi.

Shunga muvofiq, Zafarobod tumanida ushbu tanlovga ariza bergan 81 nafar yosh bilan lavozimga tayinlash bo‘yicha yakkama-yakka suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
* * *
Sharof Rashidov tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Mudofaa vazirligiga qarashli Jizzax viloyati garnizoni yong‘in nazorati xavfsizligi inspeksiyasi, viloyat yong‘in qutqaruv otryadi hamda tuman gaz unitar korxonasi xodimlari ishtirokida tumandagi “n” harbiy qismda is gazi, yong‘in xavfsizligi, ovqatdan ommaviy zaharlanishni va boshqa xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bu borada ogohlikka chaqirildi.

* * *
Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan IIB, Milliy gvardiya va DXX viloyat boshqarmalari bilan hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda, viloyatdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat havfsizligini ta’minlash va huquq-tartibotni mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Yig‘ilish yakuni bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilinib, qo‘shma tezkor guruhlar shakllantirildi va profilaktik tadbirlarni o‘tkazishga kirishildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA