JICA vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi – JICAning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari etib tayinlangan Yoshibumi Bito bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod 11 loyihani yo‘lga qo‘ygan JICAning O‘zbekistondagi investitsiya faoliyati o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Loyihalar energetika, sarmoyaviy rivojlanish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot kabi sohalarda amalga oshirilyapti.
L.Qudratov xorijiy investitsiya ko‘lamini kengaytirish, tarmoq va hududlar sanoat salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ichki va xalqaro mahsulot, hizmat ayirboshlash miqdorini oshirish, shuningdek, mamlakat energetika tizimini rivojlantirishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonni strategik rivojlantirish maqsadiga erishishda JICA faol ishtirok etishi muhimligini tasdiqladi.
Tadbir yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni sifatli amalga oshirish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini topishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
O‘zA