JCh-2026: Shveytsariya so‘nggi daqiqalarda Qatar bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 1-turi doirasida Shveytsariya va Qatar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 1-turi doirasida Shveytsariya va Qatar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. AQShning Santa-Klara shahridagi "Livays" (Levi's Stadium) stadionida kechgan bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida shveytsariyaliklar hujumchisi Brel Embolo penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan edi. Biroq o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda, aniqrog‘i 90+4-daqiqada Qatar terma jamoasi himoyachisi Bualem Huxi muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Shunday qilib, Shveytsariya va Qatar terma jamoalari guruhdagi ilk o‘yindan so‘ng bittadan ochkoga ega bo‘lishdi. E’tiborli jihati, ushbu "B" guruhining boshqa vakillari — Bosniya va Gersegovina hamda Kanada terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda ham durang qayd etilgani bois, guruhdagi barcha jamoalar hisobida ayni paytda bir xil 1 tadan ochko mavjud.
Guruh bosqichining navbatdagi 2-turida Shveytsariya terma jamoasi 18-iyun kuni Bosniya va Gersegovinaga qarshi maydonga tushadi. Qatar esa 19-iyun kuni Kanada termasi bilan kuch sinashadi.