JCH-2026: FIFA muxlislar talqiniga ko'ra ramziy terma jamoani e'lon qildi
Tarkibdan Ispaniya va Fransiya terma jamoalaridan uch nafardan, Argentinadan ikki nafar, shuningdek Kabo-Verde, Angliya hamda Norvegiyadan bir nafardan futbolchi o'rin oldi.
FIFA 2026-yilgi jahon chempionatining muxlislar ovoz berish natijalariga ko'ra tuzilgan ramziy terma jamoasini e'lon qildi.
Tarkibdan Ispaniya va Fransiya terma jamoalaridan uch nafardan, Argentinadan ikki nafar, shuningdek Kabo-Verde, Angliya hamda Norvegiyadan bir nafardan futbolchi o'rin oldi.
Muxlislar talqiniga ko'ra JCH-2026 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Vozinya (Kabo-Verde)
Himoyachilar: Pedro Porro (Ispaniya), Lisandro Martines (Argentina), Dayo Upamekano (Fransiya), Mark Kukurelya (Ispaniya)
Yarimhimoyachilar: Rodri (Ispaniya), Maykl Olise (Fransiya), Djud Bellingen (Angliya)
Hujumchilar: Lionel Messi (Argentina), Erling Xoland (Norvegiya), Kilian Mbappe (Fransiya)
Eslatib o'tamiz, 2026-yilgi jahon chempionatida tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etdi. Turnir 11-iyundan 19-julgacha AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Ispaniya terma jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etib, o'z tarixida ikkinchi bor jahon chempionligini qo'lga kiritdi.