“Jasorat maktabi” o‘quv yig‘iniga start berildi
Yurtimizda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostidagi 10 kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inlari o‘tkazish an’anaga aylangan.
Xususan, Sirdaryo viloyati harbiy-ma’muriy sektori, Toshkent harbiy okrug qo‘mondonligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Mirzaobod tumanidagi harbiy qismda “Jasorat maktabi”ning navbatdagi yig‘ini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
So‘zga chiqqan mas’ullar mazkur yig‘in yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berishiga ishonch bildirib, ishtirokchilarga omad tiladi.



Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri