Jamiyat huquqiy ongining yuksalishi mamlakat rivojiga xizmat qiladi (+video)
Huquqiy madaniyat deganda, eng avvalo, kishilarning huquqiy savodxonlik darajasi, qonunlarga bo‘lgan hurmati, huquqiy normalarni ijro etishi, hayotga tatbiq eta olish ko‘nikmasi, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, qonunlarga itoatkorlik, huquqiy faollik tushuniladi. Zero, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Sir emaski so‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash, shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Birgina misol, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida adliya organlari tomonidan 2023 yilning 1-yarim yillik davrida joylarda jami 200 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tv va radio, gazeta-jurnallarda, hamda internet veb-sahifalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar qilindi, shuningdek, 9 mingdan ortiq ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot materiallari aholiga tarqatildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ekiaieIWzrs" title="Jamiyat huquqiy ongining yuksalishi mamlakat rivojiga xizmat qiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>– Aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko‘p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo‘yicha mas’ul davlat organlari mutaxassislari bilan hamkorlikda maxsus videoroliklar ishlab chiqildi va vazirlikning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga 450 dan ortiq videoroliklar joylashtirildi, – deydi Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinbayeva. – Mazkur videoroliklarda fuqarolar uchun dolzarb hisoblangan kommunal to‘lovlar, moddiy yordam, uy-joy ajratish, subsidiya, soliq munosabatlari, himoya orderi olish, fuqarolikni qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish hamda boshqa huquqiy muammolar to‘g‘risidagi mavzulashtirilgan ma’lumotlar aks etgan.
Darhaqiqat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning to‘liq ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ hujjatlarga nisbatan hurmat hissini uyg‘otish alohida ahamiyatga ega. “Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual g‘oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari va huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari, shuningdek, “shaxs — oila — mahalla — ta’lim muassasasi — tashkilot — jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy ishlar tashkil etish albatta o‘z samarasini beradi.
O‘tkir Mirzo, Nishon Abduvohit (video), O‘zA