Jamiyat barqarorligi va ijtimoiy institutlar
Termiz shahrida “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi, Ichki ishlar vazirligi hamkorligida ekstremizm va terrorizmning oldini olishda vakolatli organlarning an’anaviy ijtimoiy fuqarolik institutlari bilan o‘zaro hamkorligining samarali modellari mavzusida o‘quv-seminar tashkil qilindi.
Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Kengashining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ko‘magida o‘tkazilgan seminarda ichki ishlar xodimlari, Surxondaryo viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, AOKA, viloyat adliya, maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi viloyat va shahar filiallari, Musulmonlar idorasi vakillari, NNT xodimlari ishtirok etdi.
[gallery-14690]
Ishtirokchilarga ekstremizm va terrorizmning oldini olishda an’anaviy ijtimoiy institutlarning rolini kuchaytirish, yoshlar subkulturalarining radikallashuvi va halokatli oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan profilaktika ishlari modeli, xalqaro bag‘rikenglik mavzuida trenerlar tomonidan taqdimotlar namoyish qilindi. Tadbirning muzokara qismida yoshlar o‘rtasida turli oqimlarga kirib qolish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA