Jamgʻarma mablagʻi samarali sarflandimi?
Vazir oʻrinbosari viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Mirali Hamroyev va tuman mutasaddilari hamrohligida hududdagi ahvol bilan yaqindan tanishdi.
Aholining ishsiz, band boʻlmagan hamda kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har jihatdan qoʻllab-quvvatlash, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholiga ajratilayotgan subsidiyalar hisobiga amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʻrinbosari Nodir Yakubov Buxoro viloyati Peshku tumanida boʻldi.
Vazir oʻrinbosari viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Mirali Hamroyev va tuman mutasaddilari hamrohligida hududdagi ahvol bilan yaqindan tanishdi.
Tumanning “Sadir” MFYdagi “Yoshlar bogʻi”da koʻngillilar qoʻli bilan yaratilgan bogʻda mazkur mablagʻ hisobidan olingan 20 ming tup koʻchat oʻtqazilgani koʻrildi. “Navoiy” MFY da tashkil etilayotgan “Peshkoʻ bogʻi” ishlab chiqarish kooperatsiyasiga hozirda ishsiz va chet elga qatnamoqchi boʻlgan fuqarolarning 120 nafari jalb qilinganligiga guvoh boʻlindi. Bu fuqarolarning har biriga 0,45 sotixdan yer maydoni ajratildi. Ularning 50 nafariga 111,5 million soʻmlik subsidiya mablagʻi berildi. Qolgan 70 nafar fuqaroga subsidiya mablagʻini ajratish ishlari davom etmoqda.
Xuddi shunday, subsidiya tariqasida “Ibn Sino” MFY da yashovchi aholi xonadonlarining 16 tasiga 35 tubdan limon koʻchatlari berilgan. “Malishoyak“ MFY da esa 15 ta xonadonning har birida jamgʻarma mablagʻi hisobidan 3 sotixdan uzumzor-tokzor barpo etilgan.
Tumanda oʻzining limonchilik maktabiga asos solib, tarmoqni kengaytirishga hissa qoʻshayotgan mirishkor dehqon Nusrat Saidov xonadonidagi issiqxonaga tashrif buyurgan mutasaddilar tajriba va ish uslubi, hududda limonchilik targʻiboti yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.