Jajji gimnastikachilar bahslashdi
Poytaxtimizdagi “Jangoh” saroyida O‘zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi “JAR” sport sog‘lomlashtirish majmuasi tomonidan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan badiiy gimnastika musobaqasi o‘tkazildi.
Poytaxtimizdagi “Jangoh” saroyida O‘zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi “JAR” sport sog‘lomlashtirish majmuasi tomonidan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan badiiy gimnastika musobaqasi o‘tkazildi.“Bolalar dunyosi” deb nomlangan ushbu turnirda 2004-2013yillarda tug‘ilgan yuzga yaqin qizaloqlar qatnashdi. Qiziqarli o‘tgan bahslarda Fotima Muhitdinova, Mushtariy Abdullayeva, E’zoza Hasanova, Soliha Abdusamatova, Farangiz Sobirjonova, Mubina Sayfullayevalar shohsupaga ko‘tarildi.
– Gimnastika bilan shug‘ullanayotganimga ko‘p bo‘lmadi, lekin g‘alabaga bo‘lgan ishonchim, musobaqa shohsupasiga yetakladi, – deydi Fotima Muhitdinova. – Buning uchun murabbiylarimga tashakkurimni izhor etaman.
Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari, medal hamda diplom topshirildi.

