Jahon chempionatida pley-off bosqichi start olmoqda
Qatar yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida bugun pley-off bosqichi start oladi va 15 noyabr kuniga qadar davom etadi.
Jumladan, bugun 14 noyabr kuni 1/16 final bosqichi doirasida Zambiya — Mali, Portugaliya — Belgiya, Shveysariya — Misr, Fransiya — Kolumbiya, Argentina — Meksika, Irlandiya — Kanada, AQSH — Marokash va Braziliya — Paragvay terma jamoalari bahsiga guvoh bo‘lamiz.

Chempionatning mazkur bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston U17 terma jamoasining Xorvatiya termasiga qarshi o‘yini ertaga, 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ushbu kunda Senegal — Uganda, Janubiy Koreya — Angliya, Italiya — Chexiya, Yaponiya — Janubiy Afrika, Germaniya — Burkina-Faso, Venesuela — KXDR, Avstriya — Tunis o‘rtasidagi o‘yinlar o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA