XIX asr oxiri XX asr boshlarida vujudga kelgan Buxoro amirligida vujudga kelgan ma’rifatparvarlik harakati o‘z oldiga asosiy maqsadlaridan biri qilib Buxoroni ozod va farovon davlatgaaylantirishni qo‘ygan edi.

Buning uchun davlatga malakali mutaxassislar, bilimdon mahalliy kadrlar zarur bo‘lar edi. Buxoro amirligida, jumladan Rossiya imperiyasiing koloniyasiga aylantirilgan Turkiston o‘lkasida ham dunyoviy fanlarni o‘rgatadigan maktablar yo‘qligi sababli ma’rifatparvarlar mahalliy buxorolik bolalarni xorijiy mamlakatlarda o‘qitish harakatiga tushdilar. Ammo bu harakatga monelik qiluvchi bir sabab bor edi – yoshlarni xorijda o‘qitish uchun mablag‘ kerak
bo‘lar edi. 

Xiva ham, Buxoro amiri ham, Turkiston o‘lkasini mustamlaka qilib olgan rus ma’murlari ham mazkur maqsadlar uchun mablag‘ ajratmas edi.1909 yilning oxirlarida Turkiyaning Konstantinopol shahrida “Omma orasida ma’rifat tarqatuvchi Buxoro xayriya jamiyati” tashkil topdi. Ushbu jamiyatning asosiy tashabbuskorlari Buxoro amirligidan va Turkiston o‘lkasidan Turkiyaga kelgan talabalar edi. Jamiyat o‘z ustaviga ko‘ra omma orasida ma’rifat tarqatish bilan shug‘illanadi, undan boshqa hech qanday talablarni nazarda tutmaydi. Ayniqsa siyosiy talablarni umuman tilga olmaydi. Bu jamiyat Buxoro amirligi, Turkiston o‘lkasi, Xiva xonligi shahar va qishloqlaridan iqtidorli bolalarni to‘plab ularni Turkiya maktablariga o‘qitish bilan shug‘ullanadi. Jamiyatning Xiva xonligida, Buxoro amirligida, Turkiston o‘lkasida o‘z vakillari bo‘lib, ular jamiyatning Xiva, Buxoro va Turkiston o‘lkasida o‘z vakillari bo‘lib, ular jamiyatning Xiva,Buxoro va Turkiston o‘lkasidagi a’zolari bilan mazkur vakillar orqali aloqa qilib turgan.

Xayriya jamiyatiga a’zo bo‘lish uchun bir yilda 120 piastr(qurush) a’zolik badali to‘lash lozim bo‘lgan. Jamiyatning har 30 a’zosi bir yil mobaynida bitta o‘quvchini Turkiyaga jo‘natish huquqiga ega bo‘lgan. O‘quvchi 10 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lishi, kambag‘al oiladan bo‘lishi shart bo‘lgan. O‘quvchining ota-onasi yo‘l xarajatlarini bo‘yniga olsa, o‘quvchi uch yilda bir marta uyiga kelib-ketishi mumkin bo‘lgan. O‘quvchining xorijga chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarini rasmiylashtirish va shu ish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni xayriya jamiyati o‘z bo‘yniga olgan.

1912 yilda Turkiyada ta’lim olib qaytgan yoshlar xayriya jamiyati tashkil qilish maqsadida Buxoro amiri qushbegisiga murojaat qilishadi. Amir Qushbegisining bunday jamiyat tashkil qilishga e’tirozi bo‘lmaganligini Rossiya Imperatorligining Buxorodagi Siyosiy Agentligi arxividagi hujjatlar ham tasdiqlaydi. Vanihoyat 1914 yilga kelib amirlikda “Buxoro xayriya jamiyati”tashkil topadi. Arxiv hujjatlarining ma’lumot berishicha, mazkur jamiyat butunlay yevropacha usulda tashkil qilingan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4Xl3S529LRg" title="Jadidlarning xayriya jamiyatlari haqida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva,

Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jadidlarning xayriya jamiyatlari haqida (+video)