Jadidlarning g‘oyalari yoshlar uchun bir mayoqdir (+video)
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Jadidlar: milliy o‘zlikdan davlatchilik g‘oyalari sari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda so‘zga chiqqanlar 2023 yilning 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida Prezidentimizning ziyolilar oldiga qo‘ygan vazifalari haqida to‘xtalib, jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimizning siyosiy va ijodiy faoliyati xususida so‘z yuritdilar.
Yurtboshimiz Kengash yig‘ilishida “Ma’rifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishi tabiiy. Bu kimgadir yoqadimi yoki yo‘qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko‘rsatib bergan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerak. Chunki ularning g‘oya va dasturlari yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohangdir”, deya ta’kidlagan edi.
[gallery-16093]
– Tadbirimizning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida ma’rifatparvar bobolarimizning hayot yo‘li, yurt taraqqiyoti yo‘lida olib borgan ishlari, ilgari surgan ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan, – deydi universitetning ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Shuhrat Norov. – Bugun yurtimizda olib borilayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – bu yoshlarning tarbiyasi, yoshlarning kelajakda komil inson bo‘lishiga qaratilgan. Tariximizdan ma’lumki, mustaqilligimizning ilk yillaridanoq yoshlarga oid davlat siyosati qabul qilingan va ushbu siyosat 2016 yildan boshlab yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugungi kunda yoshlarimiz uchun juda ko‘p imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. Shuningdek, ularning tarbiyasiga e’tibor qaratish maqsadida qonunlarimiz takomillashtirilmoqda. Buning zamirida bobolarimiz, ya’ni jadidlarimiz tomonidan olib borilgan siyosat, ilgari surilgan g‘oyalari yotibdi, deb o‘ylayman. Yoshlar tarbiyasida birinchi navbatda ota-onaning roli muhim sanaladi. Jadidlarimiz ham bolalar tarbiyasida ota-ona mas’ul bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan. Ular amalga oshirolmagan ezgu g‘oyalarni bugungi yoshlarimiz amalga oshirishiga ishonaman.
Albatta, bugungi kunda jadidlarning taqdir yo‘llarini chuqur va xolis o‘rganish, ilg‘or g‘oyalarini hayotga tatbiq etish, ayniqsa, yoshlar orasida ma’rifatparvarlikni keng yoyish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6E7crLuG9tI" title="Jadidlarning gʻoyalari yoshlar uchun bir mayoqdir" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat,video), O‘zA muxbirlari