Toshkentda spirtsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan yangi korxona ish boshladi.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotida tobora mustahkam o‘rin egallamoqda.

«Lyuks Rrint Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda qiymati 300 ming dollarlik uskuna xarid qildi.

– Ayni paytda kuniga 35 ming dona bir yarim litrlik hajmdagi idishlarda yaxna ichimlik ishlab chiqarilmoqda, – deydi korxona direktori K.Abduqodirov. – Korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgach, bu ko‘rsatkich yiliga 10-12 million donani tashkil qiladi.

O‘ttizga yaqin kishi mehnat qilayotgan korxonada asosan mahalliy xomashyo asosida 7 turdagi yaxna ichimlik ishlab chiqarilayotir.

– Kollejni tamomlagach, shu korxonaga ishga joylashdim, – deydi M.Rohataliyeva. – Bu yerda barcha operatsiyalar zamonaviy texnika yordamida boshqariladi.

Ayni paytda «Lyuks Rrint Servis» mahsulotlari ichki bozorga yetkazib berilayotir. Istiqbolda mahsulot turini o‘ntaga yetkazish, turli sig‘imdagi idishlarda qadoqlash va eksportni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Izlanishlar samarasi