Izlanish va imkoniyatlar samarasi
Namangan viloyatining Norin tumanidagi “Norin Bottlers” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ma’danli suvlarni qadoqlash va salqin ichimliklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Namangan viloyatining Norin tumanidagi “Norin Bottlers” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ma’danli suvlarni qadoqlash va salqin ichimliklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli mazkur korxona loyihasining birinchi navbatini ishga tushirish uchun yetti yarim milliard so‘mlik investitsiya kiritildi. Suv zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida tozalash va qayta ishlash, ma’danlar bilan to‘yintirish jarayonidan o‘tkazilgandan so‘ng bir hamda besh litrli polietilen idishlarga qadoqlanadi. Korxonada soatiga olti ming dona polietilen idishda suv qadoqlash imkoniyati mavjud.
– Loyiha amaliyotga tatbiq etilishi bilan 60 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi, – deydi korxona ish yurituvchisi Mahmudjon Azimov. – Ularning asosiy qismini kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlar tashkil etadi. Loyihaning salqin ichimliklar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan navbatdagi liniyasi ishga tushirilgach, yana 200 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi.