Italiya federatsiyasi prezidenti mag‘lubiyatdan so‘ng Gattuzoni qo‘llab-quvvatladi
Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravina Italiya terma jamoasining JCh-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan pley-off finalida Bosniya va Gersegovinadan uchralgan mag‘lubiyatidan (1:1, penaltilar bo‘yicha — 1:4) so‘ng, "Skuadra Adzurra" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning kelajagi haqida gapirdi.
"Men Jennaro Gattuzodan o‘z lavozimini tark etmaslikni va jamoa bilan ishlashni davom ettirishni so‘radim", — deya Gravinaning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
"Skuadra Adzurra" tarixda ilk bor qatorasiga uchta jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Italiyaliklar so‘nggi bor 2014-yilgi jahon birinchiligida ishtirok etishgan edi. Ta’kidlash joizki, "Skuadra Adzurra" to‘rt karra jahon chempioni hisoblanadi.