Iste’molchiga 120 million so‘m mablag‘ qaytarildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashovchi Sh. R. 2022 yilda qurilishi belgilangan uydan xarid qilish maqsadida 120 million so‘mga naqd pulni quruvchi “T. B.” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ullariga berib, shartnoma tuzadi.
Shartnomaga asosan uy qurilishi 2023 yil iyul oyiga yakunlanib topshirilishi kerak edi. Oradan 3 yildan ko‘p vaqt o‘tsa ham uy qurilishi boshlanmaydi. Mazkur holat yuzasidan fuqaro amaliy yordam so‘rab, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ishonch telefoniga murojaat qildi.
Mazkur murojaat belgilangan tartibda To‘rtko‘l tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Jamiyat xodimlari tomonidan olib borilgan say-harakatlar natijasida quruvchi “T. B.” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan iste’molchiga 120 million so‘m mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA