Issiq kunlarda halovat topadigan maskan
FOTOREPORTAJ
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Qoratepa” suv ombori tog‘ yon-bag‘rida joylashgan bo‘lib, bu yerdan o‘tgan-ketgan borki, bir muddat to‘xtab, betakror manzaradan bahra oladi.
Mazkur suv ombori hududida “Tourist SKD” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan xizmat ko‘rsatish va dam olish maskanining tashkil qilinishi sayyohlarga yanada qulaylik yaratmoqda. Tadbirkor Sherzod Rofiyev tomonidan tashkil qilinayotgan maskanning umumiy maydoni 2 gektar bo‘lib, loyiha qiymati 17 milliard so‘mni tashkil qiladi.
[gallery-7868]
Ayni paytda maskanda dam oluvchilar uchun maxsus cho‘milish maydoni, qayiqda suzish kabi xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Loyihaga ko‘ra, hududda xizmat ko‘rsatish sifatini kengaytirish maqsadida yigirmaga yaqin uy mehmonxonalari qurilishi ko‘zda tutilgan. bugungi kungacha ularning o‘ntasi qurilgan va so‘nggi pardozlash ishlari davom etmoqda. Hali to‘liq faoliyat boshlamagan bo‘lsa-da, maskanga kunlik keluvchilar soni 100 nafardan ortiqni tashkil etmoqda. Dam olish maskani to‘liq ishga tushsa, sayyohlar oqimi yanada ortadi.
Alisher ISROILOV (surat),O‘zA