Isroil Suriyaga bosimni kuchaytirmoqda
Yakshanba kuni Damashq qurolli guruhlar tomonidan bosib olingani va prezident Bashar al-Asad hukumati qulaganidan keyin sionist harbiylarining Suriyaga hujumlari avj oldi.
Manbaga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Latakiya portidagi Suriya harbiy-dengiz kuchlari ob’ektlarini bombardimon qilgan.
Suriya davlat axborot agentligi (SANA) dushanbaga o‘tar kechasi port infratuzilmasidan tashqari, Latakiyadagi harbiy kemalar va barcha dengiz jihozlari Isroil jangovar samolyotlari tomonidan nishonga olinganini yozib chiqdi.
Shuningdek, Damashq janubidagi Al-Bahdliya hududiga va Damashq shimoli-sharqining Barzeh mahallasidagi ilmiy tadqiqot markaziga hamda Aqraba hududidagi vertolyot aeroportiga ham hujum bo‘lgani haqida xabarlar bor.
2011 yildan beri ushbu arab mamlakatini inqiroz qamrab olganidan so‘ng Damashqning BMTga shikoyat qilishiga qaramay, Isroil Suriya harbiy va fuqarolik ob’ektlariga doimiy ravishda hujumlar uyushtirib keladi.
Musulmon Ziyo, O‘zA