Isroil Prezidenti AQSHda bo‘lib qaytdi
Isroil Prezidenti Isxak Gersog kecha AQSHga tashrifini yakunlab, mamlakatiga qaytdi. U munozarali sud-huquq islohoti atrofida koalitsiya va muxolifat o‘rtasida konsensusga erishish ustida ish boshladi. Bu haqda Prezident devoni matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Davlat rahbari samolyotdan tushiboq, hukumat va muxolifatni sud-huquq islohoti bo‘yicha kelishuvga erishtirish uchun sa’y-harakat boshladi”, deyiladi bayonotda.
29 haftadirki, mamlakatda ayni islohotga qarshi norozilik davom etyapti.
O‘tgan hafta Knesset (parlament) birinchi o‘qishda mazkur qonun loyihasini qabul qilgan edi.
AQSH Prezidenti Jo Bayden yakshanba kuni “Axios” portaliga bergan bayonotida hukumat Isroil jamiyatida norozilik uyg‘otgan sud islohotini o‘tkazishga shoshmasligi kerak, deb hisoblashini aytdi.
“Isroil hozir duch kelgan tahdidni to‘liq hisobga olgan holda, bu ishga shoshilishning ma’nosi yo‘q, asosiy e’tibor odamlarni birlashtirish va konsensusga erishishga qaratish kerak”, dedi Bayden.
O‘zA