Isroil Misr bilan chegara punktini ochdi
Isroil transport vaziri Merav Mixaeli Misrning Sinay chegarasidagi Taba chegara punkti 3 iyuldan boshlab 24 soat davomida ochiq bo‘lishini ma’lum qildi.
Isroilga tegishli “KAN” teleradiokompaniyasining xabar berishicha, transport vazirligi va aeroport ma’muriyati isroilliklarning Sinayga uchishida duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish ustida ishlamoqda. – Bu hamkorlik qo‘shnimiz va ittifoqdoshimiz bo‘lgan Misr bilan aloqalarimizni mustahkamlashga yordam beradi, degan umiddamiz, – dedi Mixaeli. Darvoqe, Isroil 2020 yil mart oyida COVID-19 epidemiyasi sababli Taba chegara punktini yopgan edi.
Ulug‘bek Mahmirzayev