Ispaniya qozog‘istonlik futzalchilarni yenga olmadi
Futzal bo‘yicha jahon chempionati “D” guruhidagi ikkinchi uchrashuvda kutilmagan natija qayd etildi. Chunki, guruh favoriti hisoblangan Ispaniya Qozog‘iston qarshiligini yenga olmadi. Qozog‘iston – Ispaniya o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
O‘yinning dastlabki daqiqalarida qozog‘istonlik futzalchilar tezkor gol kiritib hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik ispanlar hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.
[gallery-19280]
O‘yin davomida juda ko‘p xavfli vaziyatlarni bartaraf etgan Qozog‘iston terma jamoasi darvozaboni Igita uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.
Andijondagi Universal sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan “D” guruhi jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi tur o‘yinlari 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (foto),
O‘zA muxbirlari