Ishonch, hamkorlikka tayyorlik va birgalikda yechim izlashga intilish bor joyda yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
— Albatta, bugungi forumning “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” degan shiori ramziy ma’noga ega. Chindan ham aynan ochiq va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqot hozirgi kunda barqaror rivojlanishning asosiy shartiga aylanmoqda.
Ishonch, hamkorlikka tayyorlik va birgalikda yechim izlashga intilish bor joyda yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi. O‘zbekiston va Rossiya sherikligi bunday hamkorlikning yorqin namunasidir.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga ushbu keng ko‘lamli xalqaro forumga taklif etgani hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini taqdim etish imkoniyatini yaratgani uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik bildiraman, – dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz so‘zining yakunida barcha ishtirokchilarga samarali faoliyat yuritishlari va qiziqarli fikr almashishlarini tiladi.
O‘zA