Ishlab chiqarish hajmi yanada kengayadi
Fotoreportaj
Navoiy shahridagi “Navpromlitmash” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab qurilish-binokorlik materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, keyinchalik mashinasozlik yo‘nalishida mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirildi. Natijada chetdan olib kelingan alyuminiy va misdan yasalgan elektr ulagich (nakonechnik)lar hamda so‘rib oluvchi qovurg‘ali detal(rukava)lar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
[gallery-7972]
- Hozirgi paytda korxonamizda sanoat filtrlari ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahsulotlar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Navoiyazot”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJlarga yetkazib berayapmiz, - deydi MCHJ rahbari Ibrohim Fayziyev. – Joriy yildan boshlab esa mahsulotlarimizni eksport qilishni rejalashtirmoqdamiz. Bu borada Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri tadbirkorlari bilan muzokaralar olib borayapmiz. Hamkorligimiz natijasida ular bizga metall listlar yetkazib berishadi, biz esa o‘z navbatida ularni tayyor mahsulotlar bilan ta’minlaymiz.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA