Ishlab chiqarish hajmi yanada kengayadi
“Navoiyazot” AJdagi polipropilen qop ishlab chiqarish sexi mahsulotlari asosan mineral o‘g‘itlarni qadoqlash uchun mo‘ljallangan.
Sex ikki bo‘linmadan iborat bo‘lib, “Navoiyazot” AJdagi polipropilen qop ishlab chiqarish 2-navbatidagi ishchilar soni 391 nafarni va Konimex tuman bo‘linmasidagi ishchilar soni esa 120 nafarni tashkil etadi.
[gallery-3969]
Polipropilen qop ishlab chiqarish sexi 2012-2014 yillarda “Maksam-Chirchiq” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi”, “Elektrkimyozavodi” va boshqa yirik korxonalar uchun ham mahsulotlar yetkazib bergan.
bugungi kunda korxonada kaustik soda, karbamid mahsulotlarini sifatli, xavfsizlik talablariga ko‘ra qadoqlash uchun yillik quvvati 18 million dona bo‘lgan, zamonaviy laminatsiyalangan polipropilen qop ishlab chiqarish liniyasini olib kelish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA