Iqtidorli sportchilar saralandi
Toshkentda figurali uchish bo‘yicha shahar kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 50 nafardan ziyod yosh sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Toshkentda figurali uchish bo‘yicha shahar kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 50 nafardan ziyod yosh sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.
– Yoshlarimiz o‘rtasida qishki sport turlari, jumladan, figurali uchishga qiziqish kuchayib bormoqda, – deydi musobaqa bosh hakami Saodat No‘monova. – Bu musobaqa iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni nufuzli musobaqalarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ays avenyu” muz saroyida o‘tkazilgan musobaqaning sport ustaligiga nomzod sportchilar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Shohsanam Tohirova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yosh sportchilardan Mariya Filippova, Komila Farajayeva, Yekaterina Tertichnaya, Laziza Soliyeva, Alena Mezenseva, Diana Rahmonqulova, Anastasiya Sazonova, Angelina Luft, Aleksandra Goreva, Sofiya Vidrina, Tamara Mamatqulova, Komila Abdullajonova, Sevinch Bahromova, o‘g‘il bolalar bahsida Azizmurod Shabazov, Amirxon Ismatullayev va Jamshid Toshmuhammedov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Juftlik bahslarida Amira Mirolimova va Shohrux Sultonov ijrosidagi kompozitsiya hakamlar tomonidan yuqori baholangan bo‘lsa, Yuliya Kim va Aleksandr Kuropatka ikkinchi, Alina Pavlishyuk va Konstantin Li juftligi uchinchi o‘rinni egalladi.