Iqtidorli sportchilar saralandi
Poytaxtimizdagi 38-bolalar va o‘smirlar sport maktabida universal jang bo‘yicha sport maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizdagi 38-bolalar va o‘smirlar sport maktabida universal jang bo‘yicha sport maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.Mazkur musobaqa O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi va Universal jang federatsiyasi tomonidan yoshlarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, iqtidorli sportchilarni saralash maqsadida tashkil etildi.
Turnirda o‘z yosh toifasida Azizbek Usmonov, Faxriddin Eminov, Asadbek Ne’matov, Jalol Shavkatov, Davlat Sheraliyev, Lochinbek Ismatullayev, Azizbek Isroilov, Munira Abdullayeva, Go‘zal Sodiqova, Iroda Hotamboyevalar shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.