Iqtidorli sportchilar maskani
Buxoro shahridagi 7-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida 400 ga yaqin o‘g‘il-qiz tennis, badminton, kamondan o‘q otish, armrestling kabi sport turlari bo‘yicha mahoratini oshirmoqda.
Ayniqsa, badminton sport turiga yoshlarning qiziqishi katta. Ushbu sport turi mashg‘ulotlariga 130 nafar o‘g‘il-qiz jalb qilingan bo‘lib, ular orasida badminton bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari, mamlakat va xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni egallagan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.