Iqboljonning ishonchli g‘alabasi
Germaniyada boks bo‘yicha jahon chempionatida 64 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov yarim finalda AQSh vakili Freyudis Royas bilan bahslashdi.
Germaniyada boks bo‘yicha jahon chempionatida 64 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov yarim finalda AQSh vakili Freyudis Royas bilan bahslashdi.Mazkur jangda o‘zgacha uslubga ega bo‘lgan sportchimiz Iqboljon tajribali raqibiga qarshi hujumkor boks namoyish etdi. Keskin va murosasiz tarzda o‘tgan bellashuvda yosh sportchimiz g‘alaba qozondi.
Birozdan so‘ng jahon chempionatining 91 kilogrammgacha vazn toifasida umidli bokschimiz Sanjar Tursunov rossiyalik Yevgeniy Tishenko bilan kuch sinashadi.