Ipoteka-bank tadbirkorlarga koʻmakdosh
Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash uchun bank tomonidan kreditlar ajratilishini yanada yengillashtirish borasida belgilangan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash uchun bank tomonidan kreditlar ajratilishini yanada yengillashtirish borasida belgilangan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Bank mutasaddi xodimlari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etgan anjumanda yurtimizda olib borilayotgan izchil iqtisodiy oʻzgarishlarda “Ipoteka-bank” ATIBning ham oʻz oʻrni borligi alohida eʼtirof etildi.
Bank kichik biznesning respublikamiz iqtisodiyotidagi oʻrnini hisobga olib, kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etilishiga, ularni moliyalashtirishda belgilangan tartibda faol ishtirok etayotir.
– Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi bankning Aholi tadbirkorligini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash dasturlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi Sanjar Murodov. – Aholining tadbirkorlikka boʻlgan ehtiyoji oʻrganish borasida joylarda tushuntirish targʻibot ishlari olib borilmoqda. Imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan tadbirkorlar bilan suhbatlar oʻtkazilayotir. Shu kabi vazifalardan kelib chiqib, bizning bankimizda ham bir qancha boʻlimlar tashkil qilindi. Alohida mutaxassislar jalb etilib, monitoring nazorati kuchaytirildi. Shuningdek, bankimiz tomonidan oʻz oilaviy biznesi boshlamoqchi yoki rivojlantirish istagida boʻlgan yoshlarni ham qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Tadbirda kichik biznes subyektlarini moliyalashtirishda xorijiy kredit liniyalarining oʻrni xususida ham maʼlumot berildi.
Inson manfaati, uning baxtli va farovon turmushini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan sanaladi. “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar shahar, tuman, olis qishloq va ovullarda yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi tabirkorligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Bu odamlarning dunyoqarashini oʻzgartirib, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Reklama huquqi asosida