“iPhone-14 Pro” va “iPhone Pro Max” yetishmovchiligi kuzatiladi
Xitoyning Chjenchjou shahridagi “Apple” kompaniyasi zavodida ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtagani sababli “iPhone-14 Pro” va “iPhone Pro Max” rusumli smartfonlarni bozorga chiqarish sezilarli darajada kaamayishi kutilyapti.
Shu tariqa xaridorlar buyurtma qilingan yangi telefonlarini uzoq vaqt kutishlariga to‘g‘ri keladi.
O‘z navbatida, “Apple iPhone” ishlab chiqarish bo‘yicha yirik pudratchi hisoblangan Tayvandagi “Foxconn” kompaniyasi ma’lum qilishicha, Chjenchjoudagi zavodda ishlab chiqarishni to‘liq tiklashga harakat qilinayotgani, 2022 yil to‘rtinchi choragida daromad kamayishi bashorat qilingan.
G.Abdullayeva, O‘zA