Ipakchilik sohasida Xitoy bilan hamkorlik rivojlanmoqda
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida Xitoyning "Baise Huanong Ruize Sericultural Co., Ltd" rahbari Chjan Yingxiu hamda "Shanghai Hongkai Industrial Co., Ltd. osh" direktori Chjou Sianxun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qo‘mita raisi I.Ergashev mamlakatimizda pillachilik sohasi jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Qayd etilganidek, sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. 15 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarning aynan pillachilik sohasi rivoji uchun ishlab chiqilgani bunga misoldir.

Mehmonlar ipak mahsulotlarining dunyo bozoridagi ko‘lamini yanada kengaytirish, turli yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr bildirdi. To‘qimachilik, urug‘chilik, ipak mahsulotlari eksporti, zamonaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasi xususida so‘z yuritildi.

Jumladan, "Baise Huanong Ruize Sericultural Co., Ltd" korxonasi bilan ipak qurti urug‘lari yetkazib berish masalasida hamkorlik qilish, kelgusida qo‘shma loyiha asosida O‘zbekistonda urug‘chilik korxonasi ochish borasida kelishib olindi.

Shuningdek, "Shanghai Hongkai Industrial Co., Ltd. osh" korxonasi bilan ipakdan mato ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA