Institut mansabdori pora bilan qo‘lga olindi
Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Natijada Buxoro muhandislik texnologiya instituti “Energetika” fakultetining mansabdori, xizmat mavqeidan foydalangan holda “Energetika” fakulteti 1-bosqich talabasini aldab, o‘zining vakolatli tanishlariga pora berish orqali uning o‘qishini kunduzgi bo‘limdan sirtqi bo‘limga ko‘chirib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga firibgarlik yo‘li bilan 500 AQSH dollari talab qilib, boshqa bir talaba orqali kimyoviy ishlov berilgan 300 AQSH dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA