“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari inson manfaatlari uchun xizmat qilmoqda (+video)
O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatlar sohasidagi islohotlar Milliy agentlik orqali samarali boshqarilib, barcha qatlamlardagi insonlarni, ayniqsa nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va ehtiyojlari kafolatlanmoqda.
Shaharning Shayxontohur tumanida joylashgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi orqali 12 toifadagi muhtojlarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Markaz zamonaviy sharoitlar va raqamlashtirilgan xizmatlar bilan ta’minlangan bo‘lib, murojaatlar qabul qilinadi, ehtiyojlar aniqlanadi va xizmat ko‘rsatish jarayonlari samarali tashkil etilgan. Shuningdek, xizmatdan foydalanuvchilarning holati doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Imkoniyatlar olami” muassasasida 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun erta aralashuv, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya hamda kunduzgi parvarish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Muassasa hozirda 80 nafar insonga xizmat ko‘rsatmoqda va 12 nafar malakali mutaxassislar tomonidan parvarish qilinyapti.
Mamlakatimizda ijtimoiy davlat tamoyillari ustuvor bo‘lib, barcha aholi qatlamlariga mehr-oqibat va ko‘makni yaqinlashtirishga qaratilgan bu kabi loyihalar jamiyatimizda ijtimoiy adolat va inson qadrini mustahkamlaydi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/-xq6ALa_5aE?si=UxRKZMAuzk0-nqUc" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov