Infografika: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik (+video)
Tojikiston O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston import qiluvchi davlatlar orasida 9 o‘rinni egallaydi va O‘zbekiston eksportining 2 foizi Tojikiston hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo erkin savdo rejimida amalga oshiriladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yaqinlashmoqda.
2017–2025-yillar davomida O‘zbekistonning Tojikiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 3,8 barobarga, ya’ni 237,9 mln dollardan 912,4 mln dollargacha oshdi.
Eksport hajmi 3,7 barobarga o‘sib, 186,1 mln dollardan 683,1 mln dollargacha yetdi.
Import esa 4,4 barobarga oshib, 51,8 mln dollardan 229,3 mln dollargacha ko‘paydi.
2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Tojikiston investitsiyalari ishtirokida 420 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan 110 tasi qo‘shma korxona, 310 tasi esa Tojikiston kapitali 100 foiz bo‘lgan xorijiy korxonalar hisoblanadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/F5p_tgu1Y-w" title="Infografika: O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA