Indoneziyada sunami qurbonlari soni oshmoqda
Avvalroq, tabiiy ofatda 221 nafar kishi hayotdan koʻz yumgani maʼlum qilingan edi.
Yava va Sumatra orollari oraligʻidagi Zond boʻgʻozida yuz bergan sunami qurbonlari soni 281 nafarga yetdi, jabrlanganlar 1000 dan ziyod, bedarak yoʻqolganlar 57 ta deyiladi “Straits Times” xabarida. Raqamlar yana ortishi mumkin.
Avvalroq, tabiiy ofatda 221 nafar kishi hayotdan koʻz yumgani maʼlum qilingan edi.
Shanba kechasida mahalliy vaqt bilan 21.27 da sodir boʻlgan sunami yuzlab vayronagarchiliklarni keltirib chiqargan.
Indonoziya hukumatining maʼlum qilishicha, suv ostidagi Anak-Kratau vulqonining harakatga kelishi sunamini chaqirgan boʻlishi mumkin.