Indoneziyada qayiq cho‘kib ketdi
Indoneziyada baliqchi qayig‘i cho‘kib ketishi oqibatida 15 kishi bedarak yo‘qoldi, ikki kishi qutqarildi. Bu haqda mamlakatning Janubiy-G‘arbiy Papua muzofoti qidiruv-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i Monche Bruriga tayanib "Sinxua" ma’lum qildi.
Ichida 17 kishi bo‘lgan qayiq baliq ovlash chog‘ida cho‘kib ketgan.Brurining aytishicha, ikki ekipaj a’zosi boshqa baliqchi qayiq tomonidan qutqarilgan.
Qutqaruvchilar halokatga noqulay ob-havo sharoiti va qayiqning holati sabab bo‘lganini aytishmoqda.
M.Pirmatova, O‘zA