Indoneziya Avstraliyani ogohlantirdi
Prezident menga aytdiki agar elchixona koʻchirilsa, bu ikki davlat munosabatlariga jiddiy taʼsir koʻrsatadi
Dushanba kuni Indoneziyaning Bali orolida Avstraliya sobiq bosh vaziri Malkolm Ternbull Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo bilan ikki tomonlama erkin savdo bitimini muhokama qilish uchun oʻtkazgan uchrashuvidan soʻng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Uning soʻzlariga koʻra, agar Avstraliya Tel Avivdagi elchixonasini Quddusga koʻchiradigan boʻlsa, Indoneziya hukumati bunga juda salbiy munosabat bildirishi mumkin.“Prezident menga aytdiki agar elchixona koʻchirilsa, bu ikki davlat munosabatlariga jiddiy taʼsir koʻrsatadi”, dedi Ternbull.
Indoneziya dunyodagi eng katta musulmon davlatlardan biri hisoblanadi, albatta bu harakat ularning juda qattiq noroziligiga uchrashi mumkin. Shuning uchun ham biz bu masalada jiddiy oʻylab koʻrishimiz kerak, deya qoʻshimcha qilgan sobiq bosh vazir.
Avstraliyaning amaldagi bosh vaziri Skott Morrison “elchixonani koʻchirish borasida hali bir qarorga kelingani yoʻq” degan.