Imzo to‘plash mas’uliyatni talab etadi
Ayni kunlarda saylov kampaniyasining boshlang‘ich pallasi hisoblangan imzo yig‘ish jarayonlari Jizzax viloyatining barcha tuman va shaharlarida, partiyaning boshlang‘ich tashkilotlarida, mahallalar va mehnat jamoalarida davom etmoqda. Shunday tadbirlardan biri Jizzax shahridagi “O‘rda” istirohat ekobog‘ida bo‘lib o‘tdi.
– Imzo yig‘ish tadbirlarini ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida viloyat Kengashi tomonidan tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan, – deydi “Adolat” SDP Jizzax viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Po‘lat Hamzayev. – Punktlarni zamonaviy multimedia vositalari, axborot va ma’lumot burchaklari, partiya shiorlari bilan jihozlab, ularga tajribali mutaxassislar jalb etildi. 15 avgustga qadar jarayonlarda faollik bilan qatnashib, yetarli imzo to‘plash imkoni bo‘ladi.


– Partiyaning sud-huquq tizimini mustahkamlashda va mamlakat siyosiy hayotidagi o‘rni katta, – deydi Jizzax viloyati yuridik texnikumi kafedra mudiri, partiya faoli Hojiakbar Muhammadiyev. – Bugun o‘z haq-huquqini bilgan, majburiyatlarini to‘liq anglagan fuqaro mustaqil hayotda qoqilmasligi kundek ravshan. Partiyaning turli tashabbuslarni ilgari surayotgani aholining katta qismida huquqiy bilimni oshirishga xizmat qilishi, shubhasiz. Men kelgusida ham partiyadan tashabbus va yangi loyihalar kutib qolaman.


Yakuniy pallaga kirayotgan mazkur jarayonda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Jizzax viloyati faollari munosib ishtirok etmoqda.
Shahnoza Soatova,
“Adolat” SDP Jizzax viloyat
Kengashi matbuot kotibi.