Imom Buxoriy merosini o‘rganish va targ‘ib etish yo‘lida qanday ishlar qilinmoqda? (+video)
Yurtimizda bahoriy ayyomlar shukuhi davom etmoqda. Bu esa xalqimizga xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bunyodkorlik kabi ezgu amallar adadini oshiradi. Qadriyatlarimiz va ilmiy merosimizni asrab-avaylashda ayni fazilatlar muhim asosdir.
Ma’lumki, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida diniy-ma’rifiy soha rivojiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
– Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tariximizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Hadisshunoslikda ulug‘ darajalarga yetishgan ajdodlar ilmi o‘rganilmoqda, – dedi Hadis ilmi oliy maktabi rektori Barot Amonov. – Jumladan, давлатимиз rahbarining joriy yil 19-mart kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrifi fazilatli maqsadlar yo‘lida qo‘yilgan navbatdagi qadam bo‘ldi.

Islom olami tamadduniga o‘z ilmi bilan munosib hissa qo‘shgan ulug‘lar merosini tadqiq etish, o‘rganish va avlodlarga munosib tarzda yetkazish ulug‘ amallardan sanaladi. 2018-yilda tashkil etilgan Hadis ilmi oliy maktabining vazifalari o‘z davrida yetishib chiqqan allomalar yo‘lini o‘rganish bilan birga, kelajakda ham shunday yutuqlarga erishuvchi tolibi ilmlarni yetishtirishdir.
Imom Buxoriy majmuasi qaytadan bunyod etildi. Bu yerga kelgan har bir inson endilikda Ushbu ulug‘ ajdodimizning hadisshunoslikda erishgan darajalaridan boxabar bo‘ladi, ma’rifatidan xotirjamlik his qiladi.

– Imom Buxoriy merosini o‘rganish islom olamida yuksak qadriyat hisoblanadi, – dedi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov. – Shu maqsadda Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-yil Imom Buxoriy majmuasi yonida mazkur markaz tashkil etildi. Bugungi kunda markazimiz bir nechta yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda. Ma’naviy-ma’rifiy, qo‘lyozmalar, Imomo Buxoriy ilmiy merosini tadqiq etish va xalqaro yo‘nalishlar shular jumlasidan sanaladi.
Davomi quyidagi videoda:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gUJDT6hJ-cQ" title="Imom Buxoriy merosini o‘rganish va targ‘ib etish yo‘lida qanday ishlar qilinmoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqub MELIBOEV (video), O‘zA