Ilk ilmiy yo‘ldosh orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqildi
5 noyabr kuni Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida joylashgan Tayyuan kosmodromida “Chanchjen-6” raketasi yordamida Guangmu ilmiy yo‘ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqildi.
Bu haqda Xitoy koinotni tadqiq etish korporatsiyasi xabar berdi.
Guangmu sun’iy yo‘ldoshi Xitoy Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va BMTning 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish dasturiga xizmat qiladigan dunyodagi birinchi ilmiy yo‘ldosh hisoblanadi.
Guangmu sun’iy yo‘ldoshi koinotdan turib inson faolligi yuqori bo‘lgan hududlarda energiya iste’moli miqdori, aholi manzillarining tuzilishini batafsil aniqlash imkonini beradi.