Ilk gastronomik ko‘cha aholi xizmatida
Navoiy shahrida gastronomik ko‘cha qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur ko‘chada namunaviy loyiha asosida savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tashkil etildi. Hududida 426,6 million so‘m mablag‘ sarflanib, 0,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlashtirildi, 1,2 kilometr piyodalar yo‘lagi tashkil qilindi. 40 dona zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Mavjud 0,5 kilometr elektr tarmog‘i yaxshilanib, 0,47 kilometr sug‘orish tizimlari yo‘lga qo‘yildi. Turli xildagi namunali o‘rindiqlar o‘rnatildi. Shuningdek, mavjud 7 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalarining fasad va ichki qismi zamonaviy ko‘rinishga keltirildi va xizmat ko‘rsatish sifati oshirildi. Ko‘plab yengil konstruksiyali ko‘chma savdo shoxobchalari tashkil etildi. Bundan tashqari, “Gastronomik ko‘cha”da 35 ta yer maydoni “E-auksion” elektron savdo platformasiga savdoga chiqarilgan. Hozirda 8 ta yer maydoni tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan. 27 ta yer maydoni esa elektron savdo platformasida erkin savdoga joylashtirilgan.



Mazkur tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan maxsus ko‘chma savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari tashkil etiladi.


A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri