Ilg‘or ish tajribasi ommalashtirildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 7 fevraldagi “O‘qituvchilarni ilg‘or ish tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga asosan, o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishning yangi tartibi joriy etilgan.
Joriy yilda ommalashtirish.uz platformasiga Buxoro viloyati umumta’lim maktablari o‘qituvchilari tomonidan 2804 ta metodik ishlar joylashtirildi. Ularning 2161 tasi maktab, 1120 tasi shahar va tuman miqyosida ommalashtirildi.
Dastlabki bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ilg‘or ish tajribalarning 274 tasi viloyat, 29 tasi esa respublika miqyosida ommalashtirildi.



Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.